Asosiy Ma'lumotlar
Zoom Platformasi
Turnir to'liq onlayn tarzda olib boriladi. Hakamlar va ishtirokchilar qulay ulanish imkoniyatiga ega.
9 Davlat Ishtiroki
O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Rossiya, Jazoir, Shveytsariya, AQSh yoshlari o'zaro bellashadi.






Oltin Qanot Tashkiloti
"Oltin Qanot" yoshlar ko'ngilli tashkiloti jamiyatimizning eng muhim qatlamlariga yordam berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Biz asosan 3 ta katta yo'nalishda faoliyat olib boramiz:
Eco
Ekologiya Yo'nalishi
Hasharlar tashkil etish, daraxt ko'chatlari o'tqazish, shahar va tumanlarni tozalash aksiyalari orqali ona tabiatimizni asrab-avaylash loyihalari.
Care
Qariyalarga Yordam
Yolg'iz yashovchi keksalar va qariyalar uylariga tashrif buyurish, ularga ro'zg'or ishlarida ko'maklashish va ma'naviy dalda berish.
Support
Nogironlarga Yordam
Imkoniyati cheklangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ular ishtirokida maxsus tadbirlar tashkil etish.
Bizning Lahzalar
Bizda bu 1-global debat! Turnirdan so'ng ushbu galereya ishtirokchilarimizning ajoyib lahzalari bilan to'lib boradi.










Ko'p Beriladigan Savollar
Turnirda qatnashish uchun 12 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan barcha maktab o'quvchilari, talabalar va mustaqil izlanuvchilar qatnashishlari mumkin. Hech qanday soha bo'yicha cheklov yo'q.
Debat turniri har oyning ikkinchi haftasi (shanba-yakshanba kunlari) tashkil etiladi. Tadbir to'liq masofaviy formatda (onlayn) Zoom platformasi orqali amalga oshiriladi.
Asosiy sahifadagi "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosib Telegram tarmog'idagi mas'ul shaxsga (@asadbek_private1) yozasiz. Sizga ro'yxatdan o'tish anketasi va barcha yo'riqnomalar yuboriladi.
Turnir onlayn bo'lganligi sababli transport yoki turar-joy xarajatlari talab etilmaydi. Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul. Faqat barqaror internet aloqasi zarur xolos.
Albatta! Biz nodavlat tashkilotlar, o'quv markazlari va homiylar bilan hamkorlikka ochiqmiz. Hamkorlik masalalari bo'yicha tashkiliy qo'mitaga Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.